1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 175 taga yetdi

Xalqaro tashkilotlar Isroil ochlikdan qurol sifatida foydalanayotganini qoralamoqda.

G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 175 taga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida Isroil qamalidagi G‘azo sektorida yana 6 nafar falastinlik ochlikdan nobud bo‘ldi va qurbonlar soni 175 nafarga yetdi. Bu haqida G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir al-Bursh maʼlum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan bayonotda Bursh ochlikdan o‘lganlar orasida 93 nafar bolaning ham borligiga aniqlik kiritdi.

 

Maʼlumot uchun, G‘azo sektori Isroil zarbalari va insonparvarlik yordami oqimiga to‘sqinlik qiluvchi qattiq blokada ostida qolmoqda, hududda oziq-ovqat, suv, dori-darmon, tibbiy va gigiyena vositalarining keskin tanqisligi kuzatilmoqda.

 

Ayniqsa, bolalar o‘rtasida ochlikdan o‘lganlar soni tez o‘sib bormoqda. Mahalliy va xalqaro tashkilotlar Isroil G‘azo sektorida ochlik va tashnalikdan qurol sifatida foydalanayotganini qoralamoqda. 

 

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 60 430 falastinlik halok bo‘ldi va yana 148 722 kishi yaralandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика