1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreyada ayollarga mashina haydashga ruxsat berildi

Ancha vaqtdan beri ayollarga mashina va velosiped boshqarish taqiqlangandi.

Shimoliy Koreyada ayollarga mashina haydashga ruxsat berildi

Shimoliy Koreya uzoq yillik taqiqdan so‘ng ilk marta ayollarga mashina haydashga ruxsat berildi. Bu haqida Daily NK nashri xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Kim Chen Ir diktaturasi davridan beri mashina va velosiped haydash faqat erkaklar uchun mumkin edi. Ayollar yo‘l harakatini tartibga solish jarayonida ishtirok etardi xolos.

 

Endilikda Sotsialistik ayollar ittifoqi tavsiyasiga ko‘ra hukumat ayollarga ham transport vositalarini boshqarish huquqini bermoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, haydovchilik imtihonini kutish muddati 18 oygacha bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, haydovchilik guvohnomasi ayollarga rasman kamdan-kam hollarda beriladi – o‘zgarishlar rejimning ommaviy bayonotlarisiz sodir bo‘ladi.

 

O‘zgarishlar boshqa yo‘nalishlarda ham yuz beryapti. 2012 yildan boshlab, Kim Chen In hokimiyatga kelganidan so‘ng, 1996 yildan beri amalda bo‘lgan ayollarning velosiped haydashiga qo‘yilgan norasmiy taqiq bekor qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика