1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Crocus city Hall”dagi terakt bo‘yicha sud ishi boshlandi

Jinoiy ish doirasida 19 kishi ayblanmoqda.

“Crocus city Hall”dagi terakt bo‘yicha sud ishi boshlandi

Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi Crocus city Hall konsert zalida sodir etilgan terakt bo‘yicha jinoiy ishni mazmunan ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqida “RIA Novosti” nashri yozmoqda.

 

Jinoiy ishi doirasida 19 kishi sudlanmoqda, ulardan 13 nafari bevosita teraktda, qolganlari terrorchilik faoliyatiga yordam berishda ayblanmoqda. Shuningdek, sudlanuvchilarga nisbatan jami 68 million rubl miqdoridagi maʼnaviy va moddiy zararni qoplash bo‘yicha fuqarolik daʼvolari qo‘yilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, konsert zalida terakt 2024 yil 22 mart kuni sodir bo‘lgandi. Hujumchilar binodagi odamlarga avtomat quroldan o‘t ochgan va auditoriyani yoqib yuborishgan. Natijada 149 kishi halok bo‘lgan, 1 kishi bedarak yo‘qolgan, 609 kishi jarohatlangan. Yetkazilgan zarar taxminan 6 milliard rublni tashkil etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика