Efiopiyalik migrantlarni olib ketayotgan qayiq Adan ko‘rfazida cho‘kib ketishi natijasida kamida 76 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
BMT maʼlumotlariga ko‘ra, qayiqda jami 157 kishi bo‘lgan. Ulardan atigi 12 nafari qutqarilgan.
“Bedarak yo‘qolganlarning taqdiri hali ham nomaʼlum”, — deya taʼkidladi Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Yaman bo‘yicha missiyasi rahbari Abdusattor Esoyev AFP agentligiga bergan bayonotida.
Afrikalik muhojirlar Jibuti va Eritreyadan dengiz orqali Yamanga, u yerdan Saudiya Arabistoni va boshqa Fors ko‘rfazi mamlakatlariga ish topish uchun borishga harakat qildi.


