1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azodagi sulh saqlanadi: HAMAS Trampdan xat oldi

HAMAS va Isroil o‘rtasida sulhga yaqinlik sezilmoqda, ammo Isroil armiyasining G‘azodagi maqomi haligacha bahsli.

G‘azodagi sulh saqlanadi: HAMAS Trampdan xat oldi

Ma'lum qilinishicha, Falastinning HAMAS harakati rahbariyati AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar 60 kunlik muhlat tugagandan so‘ng ham qayta boshlanmasligi haqida kafolat sifatida talqin qilinayotgan maktubni olgan. Ushbu xabarni radikal harakat rahbariyatiga falastinlik tadbirkor Bishara Bahbah yetkazgan. U Tramp ma’muriyati va HAMAS o‘rtasidagi asosiy vositachi sifatida tanilgan.

 

Manbalarga ko‘ra, xat G‘azodagi urush holatini bartaraf etishga qaratilgan diplomatik muzokaralar fonida yuborilgan bo‘lib, unda Trampning Isroilga bo‘lgan siyosiy bosimi ortidan harbiy operatsiyalarni qayta boshlamaslikka kelishilganiga ishora qilingan.

 

Avvalroq Dohada HAMAS va Isroil o‘rtasida Misr, Qatar hamda AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi. Muzokaralar natijasida tomonlar sulhga yaqinlashgan, ammo asosiy kelishilmagan masala – G‘azo anklavidagi Isroil armiyasining maqomi va mavjudligi qolmoqda.

 

6-iyul kuni Dohada bo‘lib o‘tgan navbatdagi muzokaralarda tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика