Germaniyada ishsizlik darajasi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Hozirda mamlakatda ishsizlar soni 3 milliondan oshgan.
Federal mehnat agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Germaniyada 2,993 million ishsiz ro‘yxatdan o‘tgan, bu dekabr oyiga nisbatan 186 ming kishiga ko‘proq. Natijada ishsizlik darajasi 6,4 foizni tashkil qilib, o‘sish surʼati 0,4 foizga oshgan.
“Bo‘sh ish o‘rinlari soni oshishda davom etayotgan bo‘lsada, bu jarayonning tezligi pasaymoqda”, — deydi Germaniya Mehnat agentligi rahbari Andrea Nales.
Mutaxassislar kelgusi oylarda ish bozori bosim ostida qolishi mumkin deya taxmin qilishmoqda. Shuningdek, iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi va global notinchlik Germaniyada ish o‘rinlari darajasiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.


