Germaniya Ichki ishlar vazirligi afg‘on muhojirlarini o‘z vatanlariga moliyaviy yordam bilan qaytarish dasturini ishga tushirdi. Shu maqsadda afg‘on muhojirlariga elektron pochta orqali tegishli takliflar yuborila boshlandi.
“Tagesschau” nashrining xabar berishicha, taklifga rozi bo‘lganlarga nafaqa to‘lash va yashash xarajatlarini qoplash kabi yordamlar taqdim etiladi. Federal hukumat tomonidan taklifni qabul qilish muddati 17-noyabrgacha belgilandi.
Ushbu dastur afg‘on jamiyati vakillari, jumladan ayol huquqlari faollari, sobiq amaldorlar va harbiy xizmatchilarni qamrab oladi. Germaniya hukumati shu orqali afg‘onlarni qabul qilish dasturlarini cheklash va mamlakat ichidagi muhojirlar oqimini nazorat qilishni maqsad qilgan.
Hozirda Germaniyada qolishga qaror qilgan muhojirlarning taqdiri bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan


