1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gollivud yulduzi Dayan Kiton 79 yoshida vafot etdi

Aktrisa “Cho‘qintirgan ota” va “Enni Xoll” filmlari orqali dunyoga tanilgan.

Gollivud yulduzi Dayan Kiton 79 yoshida vafot etdi

Gollivudning afsonaviy aktrisasi, “Cho‘qintirgan ota” va “Enni Xoll” filmlari bilan millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan Dayan Kiton 79 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning vakili People nashriga ma’lum qilgan.

 

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, aktrisaning o‘lim sabablari hozircha oshkor etilmagan. “Oilasi ushbu og‘ir damlarda shaxsiy hayot daxlsizligi hurmat qilinishini so‘raydi”, — deyiladi bayonotda.

 

Dayan Kiton Frensis Ford Koppolaning “Cho‘qintirgan ota” trilogiyasidagi Kay Adams-Korleone roli orqali dunyoga tanilgan. 1977-yilda u “Enni Xoll” filmidagi ijrosi uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, “Qizillar”, “Marvin xonasi” va “Kuperlarni sevish” filmlari orqali yana bir necha bor “Oskar”ga nomzod bo‘lgan. So‘nggi filmi uchun u “Oltin globus” mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

 

Ijod davomida Kiton mashhur rejissyor Vudi Allen bilan bir necha filmda hamkorlik qilgan. Uning eng mashhur asarlari orasida “Birinchi xotinlar klubi”, “Bir narsa berish kerak” va “Kitob klubi” filmlari bor.

 

Ijoddan tashqari, u rejissyorlik, prodyuserlik va yozuvchilik bilan ham shug‘ullangan, shuningdek, Altsgeymer kasalligidan aziyat chekkan odamlarga yordam beruvchi xayriya faoliyati bilan ham tanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика