Gretsiyada 19 dekabrdan boshlab barcha sayyohlar mamlakatga kirganidan keyin 48 soat ichida koronavirusdan PZR testi natijasini taqdim etishi shart. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Qaror Omicron' shtammining tarqalish xavfi tufayli qabul qilingan. Yangi talab to‘liq emlangan sayyohlarga ham, koronavirusga qarshi vaksina olmaganlarga ham tegishli. Ushbu choraga Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan kelganlar ham unga amal qilishi shart. Tranzitda bo‘lganlar bundan mustasno.
COVID-19 ga qarshi emlash sertifikatini (Pfizer BioNtech, Moderna, Astra Zeneca, Jonson/Jonson, Sinovac Biotech, Sinopharm va boshqalar) bosma yoki raqamli shaklda, shu jumladan Diya ilovasida QR kodi bilan taqdim etiladi.
Avvalroq Xitoyda koronavirus yana avj olgani haqida xabar qilingan edi. Singapurda dekabr oyidan boshlab koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarning tibbiy xarajatlari to‘lab berilmasligi haqida ham xabar bergandik.
Nasiba To'xtayeva


