Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida joylashgan Bukkarayasamudram qishlog‘ida 18 oylik qizaloq maktab oshxonasida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi Mothership.
Ma’lum qilinishicha, maktab qo‘riqchisi o‘sha kuni kichik qizi Akshitani ish joyiga olib kelgan. Bola mushukni quvib, oshxonaga kirib ketgan va tasodifan o‘quvchilar uchun qaynatilayotgan katta sut idishiga tushib ketgan.
Hodisa vaqtida qizchaning onasi ham shu yerda bo‘lgan va darhol uni qozondan chiqarib olgan. Jabrlanuvchi og‘ir kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlarning uch kunlik sa’y-harakatlariga qaramay, qizaloqning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Mahalliy hukumat va huquqni muhofaza qilish organlari hodisa yuzasidan surishtiruv boshlagan.


