1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Hokimlar ham saylovda faol ishtirok etishdi

Saylovoldi jarayonlari qizg‘in pallaga kirdi.

Hokimlar ham saylovda faol ishtirok etishdi

 

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Shayxontohur tumani “Zafarobod” mahallasida tashkil etilgan 410-saylov uchastkasida ovoz berib, prezident saylovida ishtirok etdi.

 

 

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Nurafshon shahridagi Davlat xizmatlari markazi binosida tashkil etilgan 10-saylov uchastkasiga oila aʼzolari bilan kelib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

 

 

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatning ikkinchi va to‘rtinchi sektor rahbarlari bilan birga Samarqand shahridagi 144-saylov uchastkasida birinchilar qatorida ovoz berdi.

 

 

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham mazkur uchastkaga borib birinchilar qatorida ovoz berdi.

 

 

 

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bazorov sektor rahbarlari bilan birgalikda Farg‘ona shahri Shodiyona mahallasidagi "Ishga marhamat" monomarkazida tashkil etilgan 88-saylov uchastkasida ovoz berdi.

 

 

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham birinchilardan bo‘lib mamlakatimiz taraqqiyoti, tinch, osuda hayot va buyuk kelajak uchun ovoz berdi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Navoiy viloyatida ham ko‘tarinkilik va faollik bilan davom etmoqda. Viloyat hokimi Qobul Tursunov otasi va oila aʼzolari bilan birgalikda Karmana tumanidagi 64-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

 

 

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov va boshqa sektor rahbarlari Urganch shahridagi 28-saylov uchastkasida ovoz berdi.

 

 

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-saylov uchastkasida Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida o‘zi munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Jizzax viloyatida ham qizg‘in davom etmoqda. Viloyat hokimi Ergash Soliyev O‘zbekistonning kelajagi uchun ovoz berdi.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jӯqorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov sektor rahbarlari bilan birgalikda Nukus shahri Sarbinoz mahalla fuqarolar yig‘inidagi transport texnikumi binosida tashkil etilgan 20-saylov uchastkasida ovoz berdi.

 

Maʼlumot uchun: YEXHT parlamentlar assambleyasi kuzatuvchilari O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori baho berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etgandi.

 

Bundan avval O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov hamda Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Maqsuda Vorisova Uchtepa tumani 116-maktabdagi 206-saylov uchastkasida ovoz bergani haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshgani, sportchilarimiz saylovda faol qatnashgani hamda 126 yoshli Xuvaydo momo o‘zi tanlagan munosib nomzodga ovoz bergani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика