1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Red Jolbors International Awards sovrindori bo‘ldi

Agentlik “Qizimga” loyihasi bilan International Awards yo‘nalishida g‘oliblar qatoridan joy oldi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Red Jolbors International Awards sovrindori bo‘ldi

2025-yil 27–28-sentabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng yirik kreativ kommunikatsiyalar va reklama festivali — Red Jolbors bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 550 dan ortiq loyiha taqdim etilib, ulardan atigi 15 foizi final bosqichiga chiqdi. Hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori bahoga sazovor bo‘lgan 6 loyiha orasida O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Qizimga” (My daughter name is Boy) loyihasi ham bor.

 

Agentlik ushbu loyiha bilan International Awards yo‘nalishida kumush sovrinni qo‘lga kiritdi. Loyiha qiz farzand haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqarishga, ijtimoiy normalarni yangicha qarashlar bilan o‘zgartirishga qaratilgan. Ikki hafta ichida loyiha 5 milliondan ortiq auditoriyani qamrab olib, keng jamoatchilik e’tiborini qozondi.

 

Hakamlar hay’ati mazkur tashabbusning dolzarbligini yuqori baholab, bu masala Markaziy Osiyodan tashqari boshqa mintaqalarda, jumladan Lotin Amerikasida ham muhim ekanini qayd etdi. Shuningdek, loyiha kelgusida boshqa nufuzli xalqaro tanlovlarda ham ishtirok etishi mumkinligi ta’kidlandi.

 

Mazkur mukofot davlat tashkilotlari orasida O‘zbekistonning ilk yutug‘i bo‘lib, agentlikning jamiyatdagi dolzarb muammolarni kreativ kommunikatsiya vositalari orqali hal etishga intilayotganini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика