AQSH Kongressi Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi sabab “iPhone 14”ning sotuvga chiqarilishi kechikishi mumkin. Bu haqda “GSM Acrena” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tayvanning TCMC kompaniyasi Xitoyning Pegatron kompaniyasiga chiplarni yetkazib beradi va uning asosida iPhone yig‘iladi. Pelosining tashrifi hamda Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi savdo qoidalarining kuchaytirilishi ortidan chiplarning bir qismi orolga qaytarilishi mumkin. Bu iPhone 14 ishlab chiqarishni kechiktiradi.
Shuningdek, Pelosining Pegatron vitse-prezidenti va TCMC’ning yuqori rahbarlari bilan uchrashishuvi Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi savdo urushining boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.