Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 16-yanvar kuni o‘zining Instagram’dagi sahifasida joylagan suratlarning birida Lola Karimovaning to‘ng‘ich farzandi Maryam bilan Islom Karimovning qabriga gullar qo‘ygani aks etgan. Surat ostidagi izohda esa Samarqand va bobosi haqida xotiralarini yozib qoldirgan:
“Samarqand men uchun muhim shahar. Unda tarix, madaniyat, san’at, qadriyatlar mujassam. Uzoq muddatdan so‘ng ilk bor bu yerga kelganimdan so‘ng men Samarqandning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan muhitini sevib qoldim. Bobom har doim bu go‘zal shahar haqida va o‘zi ulg‘aygan joylar: har kuni Registon orqali maktabga borgan yerlari haqida gapirardi. U bilardi va bilganlarini ulashishni yoqtirardi, eng muhimi esa uni tinglash doim qiziq bo‘lgan. Har gal O‘zbekistonga kelganimda bu yerga qaytaman. Bu yerda men o‘zimni hotirjam his qilaman”, – deydi Imоn Karimova.
Maryam Tillayeva ham o‘zining Instagram’dagi sahifasida shu suratni joylab, bobosining qabrini ilk bor ziyorat qilayotganini, buni anchadan beri niyat qilganini yozib qoldirgan.


