Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Hozirda muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida va kechasi Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent viloyatini birlashtirib turuvchi A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismida qor, ba’zi vaqtda kuchayishi, tuman, yerlarda muzlama va qor uyumlari hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq O‘zgidromet 26-27 dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida noqulay ob-havo bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirgandi.


