1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasi tubdan isloh qilinadi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasi tubdan isloh qilinadi

“Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror taʼminlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi.

 

Jumladan:

 

— sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik taʼminoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etish;

 

— markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulanmagan to‘rt va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga bo‘lgan talabini kamida 20 foizga kamaytirish.

 

Quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan:

 

— markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmog‘i yangilanadi;

— davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalari amalga oshiriladi;

— markazlashgan issiqlik taʼminoti qamrovi 37 foizdan 58 foizgacha yetkaziladi, tizimdagi yo‘qotishlar 38 foizdan 20 foizgacha qisqartiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика