1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Italiyada kasal bo‘lish taqiqlandi

Bu bo‘yicha rasmiy farmon chiqarildi.

Italiyada kasal bo‘lish taqiqlandi

Italiyaning Belkastro shahri meri aholiga kasal bo‘lishni taqiqladi. U shahar aholisidan tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiladigan har qanday kasallik, ayniqsa favqulodda vaziyatlar bilan kasallanishdan saqlanishni talab qiladigan rasmiy farmon chiqardi.

 

Shahar meri Antonio Torkya odamlarga sog‘liqni saqlash resurslari va xodimlarining yetishmasligi to‘g‘risida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat yordam so‘rab murojaat qilish va nomaqbul vaziyatga eʼtiborni jalb qilishning bir usuli hisoblanadi.

 

Belkastro aholisi taxminan 1300 kishini tashkil etadi, ularning yarmi nafaqaxo‘rlardir. Shaharda bitta sog‘liqni saqlash punkti mavjud. Eng yaqin shoshilinch tibbiy yordam punkti 45 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика