1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Italiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi

Madaniy tadbir doirasida Italiyaning Rim va Viarejjio shaharlarida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri simfonik orkestri gala-konserti italiyalik hamda u yerda istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklarga taqdim etildi.

Italiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, Italiyadagi madaniyat kunlari doirasida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yana-da mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligidagi delegatsiya bir qator italiyalik madaniyat sohasi vakillari bilan uchrashdi. Jumladan, Italiya madaniyat vaziri o‘rinbosari Janmarko Massi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

"O‘zbekiston va Italiya — bu ikki buyuk madaniyatga ega davlatlar. Italiya sanʼat va tamaddun markazi sifatida jahon tarixida muhim o‘rin egallasa, O‘zbekiston Sharq va G‘arbni bog‘lovchi qadimiy sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lib kelgan. Bu zamin Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Farg‘oniy kabi buyuk alloma vatani bo‘lib, o‘zining boy madaniy merosi bilan ajralib turadi. Davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar tarixiga nazar solsak bu uzoq tarixga ega. Xususan, sohibqiron Amir Temur davrida davlatlarimiz o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatildi. Hozirgi kunda davlatlarimiz o‘rtasidagi madaniy hamkorlik yuqori darajaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturi imzolandi. Ushbu hujjatga asosan, hamkorligimiz yana-da rivojlanib bormoqda", — dedi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика