Kecha bo‘lib o‘tgan Jennifer Lopez konsertidan so‘ng “Bunyodkor” stadioni maydon holati yomonlashgani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislarning aytishicha, sahna qurilishi maydonning ma’lum qismini cho‘ktirgan, shu bilan birga, suv va drenaj tizimlariga ham jiddiy shikast yetgan. Bu haqda Azizbekh telegram blogida ma'lum qilindi.
“Maydonning holati ayni vaqtda juda yomon. Konsert uchun o‘rnatilgan maxsus sahna stadionning o‘sha qismini cho‘ktirgan. Shuningdek, sug‘orish va yomg‘ir suvini chiqarish tizimiga ham zarar yetgan,” — deydi mutaxassislar.
Bundan avval, 3-avgust kuni amerikalik megayulduz Armanistondagi Respublika stadionida ham gastrol doirasida konsert berganidan so‘ng, maydon chimi yomon ahvolga kelgani haqida “Sputnik Armaniya” xabar qilgan edi. U yerda ham maydonni tiklash uchun katta mehnat talab etilishi aytilgan.
“Bunyodkor” stadionida tiklash ishlari boshlangan, ammo mahalliy manbalar faqat rekonstruksiya bilan ish bitmasligini ta’kidlamoqda.


