1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Jennifer Lopezning kiyimlariga indamadik, ro‘mol o‘raganlarga ham tegmaylik” — Alisher Qodirov

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi yalang‘och chiqish “shaxsiy tanlov” sifatida qabul qilinsa, ro‘mol o‘rash ham xuddi shunday himoya qilinishi kerakligini aytmoqda.

“Jennifer Lopezning kiyimlariga indamadik, ro‘mol o‘raganlarga ham tegmaylik” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Jennifer Lopezning Toshkentdagi konsertiga bildirilgan munosabatlar fonida dunyoviylik tamoyillariga izoh berdi. Unga ko‘ra, agar yalang‘och chiqish “shaxsiy tanlov” sifatida qabul qilinsa, ro‘mol o‘rash ham xuddi shunday himoya qilinishi kerak.

 

Qodirovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, qonun doirasida har bir fuqaro o‘z hayot tarzini tanlash huquqiga ega. U Lopezning konserti yopiq tadbir bo‘lgani va kimnidir majburlamaganini eslatib, shuningdek, e’tiqodli ayollarning ro‘mol o‘rash huquqi ham qonun bilan kafolatlanganini qayd etdi.

 

“Jennifer Lopezga qanday kiyinishni o‘rgatmaganimizdek, ro‘mol o‘ragan ayollarga ham majburan kiyinish tartibini belgilash to‘g‘ri emas”, — dedi Qodirov. U pasportga tushish jarayonida ayollarning ro‘molini yechishga majburlashni ham tanqid qilib, identifikatsiya uchun yuzning ochiq bo‘lishi yetarli ekanini aytdi.

 

Qodirov dunyoviylik “ishonganga ham, ishonmaganga ham teng bo‘lish” degan ma’noni anglatishini, kuchli tomonning zaif tomon ustidan ustunlik qilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика