1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Jizzaxda “Hyundai” va “KamAZ” ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida “Hyundai” yuk mashinasi tirkamasida yuk avtomobili olib ketayotgan “KamAZ”ga borib urilishi natijasida YTH sodir yuz berdi. Oqibatda, haydovchilardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Jizzaxda “Hyundai” va “KamAZ” ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi

 

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 20-sentabr kuni soat 00:55 lar atrofida Paxtakor tumani M-39 Toshkent — Termiz avtomobil yo‘lining 957-kilometrida yuz bergan. Haydovchi “KamAZ-5410” yuk mashinasini boshqarib ketayotib, belgilangan joydan qayrilayotgan vaqtida o‘sha yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib kelayotgan “Hyundai” yuk mashinasi “KamAZ”ning yon qismiga kelib urilgan.

 

Oqibatda, “Hyundai” yuk mashinasining 25 yoshli haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, ushbu YTHga “Hyundai” haydovchisining charchoq alomatlari bilan rulga o‘tirgani sabab bo‘lgan.

 

Avvalroq  Andijonda “ZIL” yuk mashinasi YTHga uchragani, Sirdaryoda uxlab qolgan yuk mashinasi haydovchisi YTH oqibatida vafot etgandi. Shuningdek, Surxondaryoda “Damas” haydovchisi yuk mashinaga borib urilishi oqibatida bir kishi vafot etgani, Sariosiyo tumanida yuk mashinasi va “Lacetti” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani,  Qoraqalpog‘istonda Qozog‘iston fuqarosi YTHga uchrab, vafot etgani hamda Qashqadaryoda “Cobalt” mashinasi “Lacetti” bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика