Jamiyat
|
21 Noyabr 18:34
576
Jamiyat
|
21.11.2021, 18:34
576

Jizzaxda mahkum tanishini pichoqlab, o‘z joniga qasd qildi

Jabrlanuvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 17-noyabr kuni soat 15:00 atrofida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-sonli manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum o‘z joyini tashlab ketgan va Baxmal tumani hududida joniga qasd qilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, shu kuni soat 22:00 lar atrofida o‘zi yashagan Baxmal tumani, Qirqqishloq aholi punktiga borib, qo‘shinisining o‘ng qo‘l kafti va qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir necha marta jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

 

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi qorin bo‘shlig‘iga o‘tkir tig‘li jism bilan sanchilib kirgan jaroxati tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Shartnoma asosida Sharof Rashidov tumani, Qahramon MFY hududida joylashgan MCHJda ishlayotgan mahkum o‘z ish joyini tashlab ketadi.

 

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsning jasadi 18-noyabr kuni soat 00:30 larda Baxmal tuman hududidagi “Chorshanba” dehqon bozorida joylashgan savdo do‘koni ayvoniga arqon bilan osilgan holda topilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada homilador xotini va qaynotasini chopqi bilan chopib tashlagan erkak 20 yilga qamalgani, Qarshida bar xodimi mehmonni pichoq bilan o‘ldirgani, ikki marta qotillik qilgan va boshqa qator jinoyatlar sodir etgan shaxs qo‘lga olingani hamda samarqandlik kuyov xotini va qaynonasini urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.