1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nursulton Ro‘ziboyevning Amerikadagi jangi bekor qilindi

Bunga raqib belgilangan vazn meʼyorlarini bajara olmagani sabab bo‘lgan.

Nursulton Ro‘ziboyevning Amerikadagi jangi bekor qilindi

Ertaga, 17-avgust kuni AQSHning Chikago shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC turnirida oktagonga chiqishi kerak bo‘lgan o‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev va amerikalik Brayan Battl o‘rtasidagi bahs bekor qilindi.

 

Bunga Brayan Battl belgilangan vazn meʼyorlarini bajara olmagani sabab bo‘lgan. Gap shundaki, AQSH vakili 86,1 kg tosh bosgan. Bu belgilangan miqdordan salkam 2 kg ko‘proq. Shu bois UFS mazkur jangni bekor qilishga qaror qilgan.

 

Shundan keyin sportchilar ucharashib, o‘zaro suhbatlashib olishgan. Brayan Nursulton bilan suhbatda jangdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘zbekistonlik muxlislar haqida aytgan gaplari uchun ham uzr so‘ragan.  Ro‘ziboyev esa unga oktyabr oyida Abu-Dabida o‘tadigan UFC oqshomiga jang qilishni taklif qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bryan Battle ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini haqorat qilgan ayrim o‘zbek foydalanuvchilariga javoban “barcha o‘zbek UFC muxlislari ahmoq” deya fikr bildirgandi.

 

Jang bekor qilingach Nursulton Ro‘ziboyev ham Instagam sahifasi orqali unga javob post yozib qoldirdi.

 

“Ko‘p gapirmasdan, avvalo vaznni to‘g‘rilashing kerak. Bu — professional sport, malla soch”, degan Ro‘ziboyev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика