1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda ota 125 mln aliment to‘ladi

Shu tariqa uning xorijga chiqishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilingan.

Jizzaxda ota 125 mln aliment to‘ladi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida ota chet elga chiqish uchun 125 mln so‘m aliment oldindan to‘ladi. Bu haqida MIB axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor A.X. dan undiruvchi S.X. foydasiga voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

 

Qarzdor kelgusida chet elga chiqish istagi borligini, biroq bunga taqiq qo‘yilganligi yuzasidan davlat ijrochisiga murojaat qilgan.

 

Byuroning Zarbdor tumani bo‘limi xodimlarining olib borilgan huquqiy tushuntirishlari natijasida ota o‘z farzandi uchun oldindan 125 mln so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика