O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Qo‘lga olingan shaxslar:
Muxamedova Barno Xusainovna, 1962 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati;
Najmiddinova Nozima Faxriddinovna, 1987 yilda tug‘ilgan, Namangan viloyati.
Mazkur jinoyat ishi doirasida jabrlangan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkin.
Ichki ishlar vazirligi ta’kidlashicha, jinoyat javobgarligidan qochib, xorijiy davlatlarda yashirinayotgan shaxslarga nisbatan jinoiy ta’qib izchil davom ettiriladi va ularning javobgarlikdan qutulib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


