Avval xabar qilinganidek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash vakolati oliy ta’lim muassasalari rektor va direktorlariga berilgan. Unga ko‘ra, qabul balli 4,05 dan yuqori bo‘lmagan abituriyentlar uchun kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontraktning 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Shu asosda respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalari super kontrakt stavkalarini e’lon qildi.
Jumladan:
Andijon davlat texnika instituti — 3 baravardan 4 baravargacha;
Andijon davlat universiteti — 4 baravardan 6 baravargacha;
Namangan davlat pedagogika instituti — 3,1 baravardan 6 baravargacha;
Termiz davlat universiteti — 4 baravardan 10 baravargacha;
Buxoro davlat universiteti — 4 baravardan 12 baravargacha;
Namangan davlat chet tillari instituti — 4 baravar;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 4 baravardan 7 baravargacha;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 5 baravardan 9 baravargacha;
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali — 7 baravardan 12 baravargacha;
Toshkent davlat yuridik universiteti — 17 baravar;
Urganch davlat universiteti — 4 baravardan 10 baravargacha;
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali — 5 baravar.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan abituriyentlar kontrakt summasining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar to‘lashi mumkin.


