1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda sudya yordamchisi 300 dollar pora olayotganda ushlandi

U fuqarodan ajrim jarayonini tezlashtirish va mol-mulkdan ulush olish evaziga pul talab qilgan.

Jizzaxda sudya yordamchisi 300 dollar pora olayotganda ushlandi

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kiradi.

 

Xususan, uni turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin o‘rtasidagi mol-mulkning bir qismini olishi evaziga 300 AQSh dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u o‘zining xizmat xonasida so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda sudya yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика