1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Magistratura uchun ham qo‘shimcha qabul ochiladi

Talabgorlar zarur ma’lumotlarni oliygoh qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limidan olishlari mumkin.

Magistratura uchun ham qo‘shimcha qabul ochiladi

2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlanib, oliy ta’lim muassasalariga yuborildi.

 

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvotalar doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul jarayoni tashkil etiladi. Bu jarayonda oliy ta’lim muassasalarining quvvati, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

 

Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanishi ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur imkoniyatdan foydalanishni istagan talabgorlar o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilib, zarur ma’lumotlarni olishlari mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика