1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda 15 yoshli qizni urib qochgan haydovchiga jinoyat ishi ochildi

Tergov davomida ayblanuvchi pushaymonligini bildirib, bunday holat qaytarilmasligini aytdi.

Samarqandda 15 yoshli qizni urib qochgan haydovchiga jinoyat ishi ochildi

Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 15 yoshli qizaloq og‘ir tan jarohati olib, hayoti xavf ostida qolgan. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, 24-sentabr kuni soat 19:00 lar atrofida Panjikent ko‘chasida Gentra rusumli avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborgan va hodisa joyidan yashiringan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, yuqori tezlik sababli to‘xtash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Hodisa aholining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida avtomobil va uning haydovchisi ustaxonadan topildi. Surishtiruv jarayonida gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi Toyloq tumanining Qo‘shchinor mahallasida istiqomat qiladi. U tergovchilar huzurida qilgan ishi uchun afsus bildirgan va bunday xatoni takrorlamaslikka va’da bergan.

 

Hozirda tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilarning qayd etishicha, ish yakunida barcha holatlar o‘rganilib, qonuniy chora ko‘riladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика