1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Kalamar o‘yini” 3-mavsum treyleri taqdim etildi

3-mavsumda 456-o‘yinchining qismati hal bo‘ladi.

“Kalamar o‘yini” 3-mavsum treyleri taqdim etildi

Netflix striming platformasi Janubiy Koreyaning dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan “Kalamar o‘yini” serialining uchinchi mavsumi uchun rasmiy treylerni e’lon qildi.

 

Treylerga ko‘ra, yangi mavsum 2025-yil 27-iyun kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan. Mazkur mavsum serialning yakuniy qismi sifatida e’tirof etilmoqda.

 

Avvalgi mavsumlar global muvaffaqiyatga erishib, 93 mamlakatda reytinglarning 1-o‘rniga chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi. Serial ijodkorlari uchinchi mavsumda ham shiddatli syujet, psixologik drama va hayratlanarli burilishlar davom etishini va’da qilmoqda.

 

Uchinchi mavsumda asosiy qahramon – 456-o‘yinchi (Seong Gi-hun)ning shaxsiy hikoyasi yakuniga yetadi. Tomoshabinlar uni halokatli o‘yin ortidagi kuchlarga qarshi qanday kurashayotgani va bu safar g‘alaba qozona oladimi, yo‘qmi, bilib olishadi. Serial oxir-oqibat kim g‘olib, kim qurbon bo‘lishini ochib beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика