1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kamchatkada yana 7,8 balli zilzila yuz berdi

Barcha xizmatlar yuqori darajadagi shay holatga o‘tkazilgan.

Kamchatkada yana 7,8 balli zilzila yuz berdi

Bugun, 19-sentyabr kuni Kamchatkaning sharqiy qirg'oqlarida 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida Kamchatka o‘lkasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 6:58 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Tinch okeanida, Petropavlovsk-Kamchatskiydan 143 km sharqda joylashgan. Zilzila Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinskda 7 ballgacha, Yelizovskiy tumani aholisi 6 ballgacha, Ust-Kamchatskiy tumanida esa 4 ballgacha sezilgan.

 

“Kamchatkada yuz bergan zilziladan so‘ng barcha xizmatlar yuqori darajadagi shay holatga o‘tkazildi”, — dedi Kamchatka gubernatori Solodov.

 

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 30-iyul kuni Kamchatkaning sharqiy qirg'og'ida eng kuchli zilzila sodir bo'ldi. Mahalliy aholi o'sha kuni 8,0 magnitudali silkinish yuz berganini qayd etishgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика