Ispaniya Isroil tufayli 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini boykot qilishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Ispaniya hukumati Isroil jamoasi mundialga yo‘l olsa, mamlakat milliy terma jamoasini JCH-2026dan olib qolish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu xabar Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi vakili, kongress aʼzosi Pachi Lopesga tayanib berilgan.
Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches ham G‘azodagi harbiy harakatlar to‘xtamaguncha Isroilni Rossiya kabi xalqaro sport musobaqalaridan chetlatish kerakligini aytgan edi. Sanches Isroilni “sportdan agressiyasini oqlash uchun foydalanishda” ayblagan.


