1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kamchatkadagi zilzila sabab o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Vladivostokdagi Bosh konsulxona fuqarolarga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni tavsiya qildi.

Kamchatkadagi zilzila sabab o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

19-sentyabr kuni Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlariga yaqin Tinch okeanida 7,2 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinsk shaharlarida yer silkinishi 7 ballgacha sezildi, hududda sunami xavfi e’lon qilindi.

 

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozircha qurbonlar yoki vayronalar haqida xabar yo‘q. Favqulodda xizmatlar yuqori shay holatga o‘tkazilgan va xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

 

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonlik fuqarolarga Favqulodda vaziyatlar xizmatlari ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish hamda xotirjamlikni saqlashni tavsiya qilmoqda. Zarurat tug‘ilganda konsullikka quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish mumkin:

 

📞 +7 (423) 260-48-00


📞 +7 (902) 078-70-07

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика