O‘zbekiston hududida hafta davomida havo asta-sekin isiydi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”. 19–21-sentyabr kunlari mamlakatning katta qismida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bugun kunduzgi harorat +25...+28 daraja atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda esa +30 darajagacha ko‘tariladi. Shuningdek, shanba kuni cho‘l hududlari va respublikaning janubida, yakshanba kuni esa markaziy hududlarda kunduzgi harorat +32...+34 darajagacha yetishi kutilmoqda.
20–21-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda havo harorati +23...+28 daraja atrofida saqlanadi.
Shuningdek, shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Poytaxtda bugun +26 daraja, ertaga +28...+30 daraja, yakshanba kuni esa +32...+34 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.


