1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tolibon Afg‘oniston universitetlarida ayol mualliflarning kitoblarini taqiqladi

Muvaqqat hukumat 18 ta fan va 140 ayol yozgan kitobni o‘quv dasturidan butunlay chiqardi.

Tolibon Afg‘oniston universitetlarida ayol mualliflarning kitoblarini taqiqladi

Afg‘oniston universitetlarida Tolibon muvaqqat hukumati ayol mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarni o‘quv dasturidan chiqarish bo‘yicha buyruq berdi. Umumiy 680 kitobdan 140 tasi, ya’ni to‘liq ayol mualliflar tomonidan yozilgan kitoblar taqiqqa tushdi. Shu bilan birga, 18 ta universitet fani ham man qilindi. Taqiqlangan fanlar orasida “Gender va taraqqiyot”, “Ayollar sotsiologiyasi” va “Muloqotda ayollarning roli” kabi yo‘nalishlar mavjud. Bu haqda The Indian Express xabar berdi.

 

Tolibon Oliy ta’lim vazirligi o‘rinbosari Ziaur Rahman Aryubi qarorlar diniy olimlar va ekspertlar paneli tomonidan qabul qilinganini ma’lum qilgan. Taqiqqa uchragan kitoblar orasida Eron mualliflari yoki nashriyotlari tomonidan chop etilgan asarlar ham bor, bu esa Afg‘on universitetlariga “Eron kontentining kirib kelishini oldini olish” maqsadida amalga oshirilgani aytilmoqda.

 

Sobiq adliya vaziri o‘rinbosari Zakia Adeli, o‘z asarlari taqiqlangan ayollardan biri sifatida, bu qarorni Tolibonning “ayollarga qarshi siyosati” bilan izohladi.

 

Kobul universiteti professorlari ta’kidlashicha, bu qaror oliy ta’limda katta bo‘shliq yaratishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика