1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kanadada 300 kishi ko‘chki qamalida qoldi

Favqulodda vaziyatlar xodimlari qutqaruv operatsiyasini boshlab yuborgan.

Kanadada 300 kishi ko‘chki qamalida qoldi

 

Harbiy vertolyotlar yordamida odamlarni ofat zonasidan evakuatsiya qilmoqda. Bu haqda SBS telekanali xabar berdi.

 

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan ko‘chki katta yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Oqibatda, 100 ga yaqin mashina va 300 ga yaqin odam trassada harakatsiz qolib ketgan. Ular orasida 50 nafar bola ham bor.

 

Baxtsiz hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Xabarlarga ko‘ra, Britaniya Kolumbiyasida kuniga bir oydan ortiq yog‘ingarchiliklar yuz berdi. Shu sabab hududda kuchli suv toshqini kelib chiqqan. Ayrim odamlar uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

 

Shuningdek, Xitoyning Shansi provinsiyasida ham 15 kishi suv toshqinida halok bo‘ldi, yana 3 kishi bedarak yo‘qolgan.

 

Ma'lumot o'rnida: avvalroq oktabr oyida Hindiston va Nepalda kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari va kuchli ko‘chkilar oqibatida umumiy hisobda 200 ga yaqin odam hayotdan ko‘z yumgandi.

 

Ealatib o'tamiz, Germaniyada suv toshqini oqibatida 58 kishi qurbon bo'lgani, AQSHning Tennessi shtatidagi suv toshqinlarida  20 dan ziyod kishi, Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida 150 kishi hamda Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik tufayli 18 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика