1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In Putinni G‘alaba kuni bilan tabrikladi

“Men rus xalqiga adolat uchun kurashda g‘alaba tilayman”, – degan Shimoliy Koreya rahbari.

Kim Chen In Putinni G‘alaba kuni bilan tabrikladi

 

9-may kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In G‘alaba kuni munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tabrik telegrammasi yo‘lladi.

 

Unda Rossiyaning xalqaro adolat uchun kurashda g‘alaba qozonishiga ishonch bildirilgan.

 

“Ishonchim komilki, siz rahbarligingizdagi qatʼiyatli va adolatli rus xalqi bundan buyon ham suverenitet, mamlakat qadr-qimmati hamda mintaqada barqarorlikni taʼminlash, har qanday chaqiriqlarni yengish yo‘lida g‘alaba qozonadi. Shu munosabat bilan sizlarga xalqaro adolatni ro‘yobga chiqarish uchun muqaddas kurashga mardonavorlik tilayman va Rossiya armiyasi hamda xalqiga yana bir bor qizg‘in jangovar salomlar yo‘llayman”,  — deyiladi telegrammada.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика