1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Ko‘k choy miya faoliyatini yaxshilashini bilarmidingiz?

Kuniga 5 stakan ko‘k choy ortiqcha vazn bilan kurashishga yordam beradi.

Ko‘k choy miya faoliyatini yaxshilashini bilarmidingiz?

 

    Ko‘k choyning foydali ekanini hamma biladi. Qizlar parhez qilganda, litrlab ko‘k choy ichadi. Biroq ortiqcha vazndan xalos qilishi bu ajoyib ichimlikning yagona ijobiy xususiyati emas. Ko‘k choy sog‘liqqa juda foydali bo‘lib, undan ayrim kasallikning oldini olish va davolashda foydalaniladi. Ko‘k choyning aynan qanday shifobaxsh xususiyatlari borligini bilishni istasangiz, maqolaning davomini o‘qing.
 

 Ko‘k choy umuman sog‘liqqa foydali. Agar siz choyni yaxshi ko‘rsangiz, lekin asosan oq, ko‘k yoki qandaydir turini ichsangiz, ko‘k choyga e’tibor qarating. Eng yaxshi va foydali ko‘k choy — organik choy. Uni shakar qo‘shmasdan yoki asal qo‘shib ichish mumkin. Asal qo‘shilganda, ta’mi yanada yoqimli bo‘ladi. Ko‘k choy vitamin, mineral va organizmning umumiy holatini yaxshilashga yordam beradigan antioksidantlar ko‘p. Bu ichimlik miya uchun foydali, quvvat bag‘ishlaydi, hatto saratonga qarshi kurashda yordam beradi.

 
Ko‘k choy miya faoliyatini yaxshilaydi. Ko‘k choy tetiklashtiradi, shuningdek, bizni aqlliroq qiladi. Uning eng asosiy fazilatlaridan biri miya faoliyatini yaxshilashga yordam berishidir. Bunga tarkibida kofein borligi sabab. Miyangiz muntazam ravishda bu ichimlikni ichayotganingiz uchun sizga raxmat aytadi.

 
Ko‘k choy ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi. Ortiqcha vazndan qutulishga mo‘ljallangan ko‘pgina qo‘shimchalarda ko‘k yoki uning hosilalari ekstrakti mavjud. Chunki ko‘k choy yog‘ni eritishga va moddalar almashinuvini yaxshilashga yordam beradi. Ko‘k choyni qanday ichishingizdan qat’i nazar, bir narsaga ishonchingiz komil bo‘lsin — bu ortiqcha vazndan qutulishning eng foydali yo‘llaridan biri. 

 Ko‘k choy antioksidantlarga boy. Ko‘plab tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘k choydagi antioksidantlar saratonning ko‘p turlariga, jumladan, ko‘krak, prostata va yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi kurashishga yordam beradi. Ko‘k choyning eng asosiy afzalliklaridan biri shuki, oksidlanish zarariga — saratonning eng asosiy omillaridan biriga qarshi kurashadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика