1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Konditsionerlar poytaxtdagi ayrim arxitektura binolari husnini buzmoqda

Toshkentda 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi.

Konditsionerlar poytaxtdagi ayrim arxitektura binolari husnini buzmoqda

 

Toshkent shahrida Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda hozirga qadar foydalanib kelinayotgan arxitektura yodgorliklarining ahvoli o‘rganildi.

 

Poytaxtda mavjud 290 ta tarixiy binolarning 167 tasi tashkilot va idoralar tomonidan foydalanilmoqda. 

 

O‘rganishlar foydalanuvchilar tomonidan obyektlardan noto‘g‘ri foydalanish va zarar yetkazish holatlari mavjudligini ko‘rsatgan.

 

Jumladan, o‘zboshimchalik bilan 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan holda 818 dona konditsioner hamda 20 ta obyektga 36 ta soyabon va banner o‘rnatilgan.

 

Xususan, davlat muhofazasiga olingan:

 

— Toshkent iqtisodiyot universiteti binosiga 30 ta;

— Fanlar akademiyasiga 49 ta:

— Transport universitetiga 98 ta konditsioner o‘rnatilgan.

 

Nazorat tadbirlarida 21 ta obyektdagi qonun buzilishi holatlari foydalanuvchilarning o‘zi tomonidan bartaraf etilishi taʼminlangan.

 

Shu bilan birga, 25 ta obyekt foydalanuvchisiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborilgan.

 

Javobgarlik masalasi hal etilganlar orasida “O‘zarxiv”, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi, “Geologiya muzeyi”, “Boshplan LITI” korxonasi va boshqa idoralar masʼul shaxslari bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика