1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Londonda ayol miya operatsiyasi vaqtida musiqa chaldi

Bu voqea musiqaning shifo kuchini yana bir bor isbotladi.

Londonda ayol miya operatsiyasi vaqtida musiqa chaldi

Buyuk Britaniyada yashovchi 65 yoshli Denise Bacon ismli ayol Parkinson kasalligiga qarshi o‘tkazilgan murakkab miya operatsiyasi vaqtida klarnet chaldi.

 

Denise 2014 yilda Parkinson kasalligiga chalingan. Kasallik uning yurish, raqsga tushish, suzish va eng muhimi — musiqa chalish qobiliyatiga jiddiy ta’sir qilgan. Shifokorlar unga “chuqur miya stimulyatsiyasi” deb ataluvchi usulni qo‘llashdi. Bu jarayon davomida bemorning miyasi ichiga mayda elektrodlar joylashtirilib, ularning yordamida asab faoliyati barqarorlashtiriladi.

 

Operatsiya paytida bemor hushida bo‘lgan. Shifokorlar unga klarnet chalishni taklif qilishgan, shunda ular elektr stimulyatsiyasining bemorning barmoqlari harakatiga qanday ta’sir qilayotganini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘lishgan. Elektrodlar yoqilgach, Denise’ning o‘ng qo‘l harakati darhol yaxshilangan va u klarnet chalishda davom etgan.

 

Shifokorlar ta’kidlashicha, chuqur miya stimulyatsiyasi Parkinson kasalligi simptomlarini sezilarli darajada kamaytiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика