1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Luvr muzeyidan nimalar o‘g‘irlangani maʼlum bo‘ldi

Buyumlarning qiymati 10 mln yevroga yaqin bo‘lishi mumkin.

Luvr muzeyidan nimalar o‘g‘irlangani maʼlum bo‘ldi

Dunyodagi eng mashhur sanʼat maskanlaridan biri bo‘lgan Luvr muzeyi yakshanba kuni ertalab o‘g‘rilar hujumiga uchragandi. Hodisa natijasida u yerdan bir nechta qadimiy zargarlik buyumlari, jumladan, Fransiya qirollari va imperatorlariga tegishli toj, marjon va tilla buyumlar o‘g‘irlangan.

 

Madaniyat vazirligi vakillari o‘g‘rilangan buyumlar orasida XIX asrda Napoleon III oilasiga tegishli oltin toj va ko‘k safir toshi bilan bezatilgan marjon borligini tasdiqlagan. Mutaxassislarning fikricha, bu buyumlarning umumiy qiymati 10 million yevroga yaqin bo‘lishi mumkin.

 

Fransiya hukumati hodisani “milliy madaniy merosga qarshi jinoyat” deb atab, xalqaro politsiya tarmoqlari, jumladan Interpol yordamida tergovni kengaytirgan.

 

Luvr maʼmuriyati esa muzey vaqtincha yopilganini, xavfsizlik tizimlari qayta tekshirilayotgani va barcha ko‘rgazmalar himoya ostiga olinganini maʼlum qildi.

 

Mutaxassislar fikricha, agar o‘g‘rilangan buyumlar qora bozorda paydo bo‘lsa, ularni aniqlash oson bo‘lmaydi, chunki ular o‘ziga xos tarixiy naqsh va shaklga ega. Shu bois Fransiya hukumati dunyo bo‘ylab kolleksionerlar va muzeylarga rasmiy ogohlantirish yuborgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика