1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda davlat bayrog‘ini teskari osgan xodim jarimaga tortildi

Pudratchi xodim davlat ramzlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Qozog‘istonda davlat bayrog‘ini teskari osgan xodim jarimaga tortildi

Atirau shahrida davlat bayrog‘ini teskari osib qo‘ygan pudratchi tashkilot xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

“Tengrinews.kz” nashrining xabar berishicha, holat shaharning markaziy bayroq ustunida sodir bo‘lgan. Bayroqni ko‘tarish jarayonida texnik xatolik yuz bergan bo‘lib, u qisqa fursatda bartaraf etilgan. Davlat ramzi joyiga to‘g‘ri tarzda o‘rnatilgan.

 

Vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida pudratchi xodimga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 458-moddasi (“Davlat ramzlaridan foydalanish qoidalarini buzish”) asosida jarima qo‘llanildi.

 

Mazkur modda doirasida xodim 184 ming 600 tenge (taxminan 4,1 million so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика