Rossiya Davlat Dumasiga migrantlar tomonidan alkogol yoki giyohvandlik ta’siri ostida transport boshqarganlik uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini rad etish yoki bekor qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi.
Tashabbus mualliflari — “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov hamda deputat Fedot Tumusovdir. Ularning ta’kidlashicha, hujjat “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.
Taklifga ko‘ra, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini berish yoki uni bekor qilish uchun asos bo‘luvchi holatlar ro‘yxati kengaytiriladi. Endilikda bu ro‘yxatga Rossiyada yoki boshqa davlatlarda mast holda transport vositasini boshqarish holatlari ham kiritiladi.
Deputat Sergey Mironovning fikricha, mazkur o‘zgarishlar yo‘l harakati xavfsizligini mustahkamlash, mast haydovchilar sababli yuz berayotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va jamoat tartibini yaxshilashga xizmat qiladi.


