“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe parijliklarga jamoani tekinga tark etmasligiga vaʼda berdi. Bu haqda “L‘Équipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “PSJ” 24 yoshli fransiyalik futbolchi bilan shartnomani 2025-yil iyunigacha uzaytirmoqchi, 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real”ga mazkur transfer amalga oshiriladi.
Mbappe 19-avgust kuni Liga 1 2-turi doirasida “Tuluza”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe Fransiya chempionatining 1-turida “Loren”ga (0:0) qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilmagandi. 13 avgust kuni futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlarni davom ettirishga ruxsat oldi.


