1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Meksikada “Agata” to‘foni tinmayapti

Shu kunga qadar 19 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi.

Meksikada “Agata” to‘foni tinmayapti

 

Meksikaning Oaxaka shtatida “Agata” to‘foni tufayli favqulodda holat joriy etildi. Tabiiy ofat 29 maydan buyon davom etmoqda.

 

Shtat fuqaro himoyasi boshqarmasida 25 tumanda favqulodda vaziyat eʼlon qilingan. Oaxaka gubernatori Alexandro Muratning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, olti nafar bedarak yo‘qolganlar qidirilmoqda.

 

Meksikada “Agata” qurbonlari jami 19 nafarga yetdi. Davlat rahbari Andres Manuel Lopes Obrador tabiiy ofatdan zarar ko‘rganlarga yordam berilishini eʼlon qilgan.

 

Bundan oldin hukumat Oaxaka va Chiapas shtatlaridagi 294 shahrida xavfning “sariq” darajasini joriy etgandi.

 

“Agata” soatiga 140-170 kilometr tezlikda harakat qilmoqda.

 

Avvalroq Braziliyada tabiiy ofat qurbonlari soni oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика