1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Millarderlar jangi qanday bo‘ladi?

Mask Sukerbergga qarshi jangda qaysi usuldan foydalanishini ma’lum qildi.

Millarderlar jangi qanday bo‘ladi?

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Mark Sukerbergga qarshi bo‘lajak jangida kurash elementlaridan foydalanmoqchi.


“Men jang uslubi sifatida WWE-ni tanlayman”, deb yozgan Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.


Shuningdek, Mask bo‘yin va orqa qismini MRT qildirishi kerakligini va agar zarur bo‘lsa jarrohlik stoliga yotishini ham ma’lum qilgan. 


Mask Sukerberg bilan jang X ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda namoyish etilishini va barcha tushum faxriylar uchun xayriya jamg‘armasiga yo‘naltirilishini ma’lum qildi. Tayyorgarlikdagi jismoniy formasini izohlar ekan, agar jang cho‘zilib ketsa, u mag‘lub bo‘lishi mumkinligini tan oldi.


Mask avvalroq Sukerberg bilan oktagonda jang qilishga tayyorligini yozgandi. Keyinroq Sukerberg Maskni Instagram akkauntida manzilini yuborishni taklif qildi. Milliarderlar jangni Italiyaning Kolizeyida o‘tkazish variantini ko‘rib chiqishdi.


UFC prezidenti Dana Uayt Mask va Sukerberg bilan jangni tashkillashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borganini aytdi. Uaytning so‘zlariga ko‘ra, ikkala tadbirkor ham kurashga jiddiy yondashadi. Unga ko‘ra, jang Las-Vegasda ko‘rgazma formatida o‘tishi mumkin va atletika komissiyasi tomonidan nazorat qilinmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика