1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Mo‘g‘uliston prezidenti Ko‘ksaroy qarorgohida tantali kutib olindi

Uchrashuv vaqtida qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Mo‘g‘uliston prezidenti Ko‘ksaroy qarorgohida tantali kutib olindi

23 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tashrifning ertasi kuni Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati marosim aks etgan suratlarni eʼlon qildi.

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

 

 

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

 

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, ikki tomon Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика