Bugun, 28-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi byulletenlarni canab chiqilib, saylovning dastlabki natijalarini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, 15 mln 27 ming 529 nafar fuqarolar butun respublika bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etdi.
Saylov natijalariga ko‘ra, ovozlar quyidagicha taqsimlandi:
— O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi: 5 194 041 yoki 34,75 foiz va 26 ta deputatlik o‘rni;
— “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi: 2 812 493 yoki 18,82 foiz va 14 ta deputatlik o‘rni;
— O‘zbekiston Ekologik partiyasi: 1 960 764 yoki 13,12 foiz va 10 ta deputatlik o‘rni;
— O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi: 2 558 016 yoki 17, 11 foiz va 13 ta deputatlik o‘rni;
— “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi: 2 420 857 yoki 16,20 foiz 12 deputatlik o‘rni.
Eslatib o‘tamiz, saylovda saylovchilarning 71,52 foizi ishtirok etgan. Ular rasmiy ravishda amalga oshirilgan deb eʼtirof etildi. Respublika tarixida birinchi marta aralash saylov tizimidan foydalangan holda saylovlar o‘tkazildi.


