1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Vladivostokda o‘zbekistonlik migrantlar kaltaklandi

Holat Bosh konsulxona va Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan alohida nazoratga olingan.

Vladivostokda o‘zbekistonlik migrantlar kaltaklandi

Joriy yilning 13-sentabr kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida bir guruh yoshlar tomonidan Buxoro viloyatidan kelgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan bezorilik harakati sodir etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar haqorat qilinib, bu holat videoga tushirilgan.

 

Voqea aniqlangach, O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi xodimlari zudlik bilan jabrlangan fuqarolar bilan bog‘lanib, ularga zarur huquqiy yordam ko‘rsatdi. Shu bilan birga, jabrlanuvchilar Vladivostok shahar Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy ariza bilan murojaat qildi.

 

Mazkur masala yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi Vakolatxonasi hamda Primorsk o‘lkasi Prokuraturasiga barcha zarur choralarni ko‘rish talab qiluvchi diplomatik notalar yuborildi.

 

Hodisa O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan alohida nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика