Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida ma'lumot berildi.
Byuro tashkil topganidan buyon ijro ishini yuritish sohasida 77 trillion so‘mdan ortiq undiruvlar amalga oshirildi. Shundan davlat foydasiga 32 trillion so‘mga yaqin mablag‘lar undirildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida jami undiruv 21,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 trillion so‘m (92%) oshgan.
Byuro masʼul xodimlarining idoraviy axborot tizimlarini integratsiya qilishdagi tizimli olib borilgan faoliyati natijasida muammoli bo‘lgan qidiruv sohasida avtotransport vositalari topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qarzdor fuqaro MIB xodimini temir bo‘lagi bilan urib, kaltaklagani hamda MIB.UZ mobil ilovasi ishga tushgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


